Ball qanday hisoblanadi
| Blok | Savollar | Bir javob uchun | Maksimum |
|---|---|---|---|
| Ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi | 3 × 10 | 1,1 | 33 |
| 1-fan (mutaxassislik) | 30 | 3,1 | 93 |
| 2-fan (mutaxassislik) | 30 | 2,1 | 63 |
| Jami | 90 | 189 |
Noto‘g‘ri javob uchun ball ayirilmaydi. Qaysi fan 1-, qaysi 2-fan bo‘lishi yo‘nalishga bog‘liq: ro‘yxat uzbmb.uz saytida «Fanlar majmuasi» faylida.
Sertifikatlar
- Majburiy fandan istalgan darajadagi milliy sertifikat: blok uchun 11 ball.
- Mutaxassislik fanidan A+ yoki A (65 va undan yuqori): blok maksimumi.
- B+, B, C+, C (46–64,9): ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni ishlatish yoki testni topshirishni tanlaysiz. Sertifikat ishlatilsa, ball undagi natijaga mutanosib. Kalkulyator buni blok maksimumi × ball ÷ 100 deb hisoblaydi va natijani taxminiy deb belgilaydi.
- Chet tili: B1 blok maksimumining 75% ini beradi (1-fanda 69,75, 2-fanda 47,25), B2 va undan yuqori esa 100%. IELTS 4.0–5.0 = B1, 5.5–6.5 = B2.
Minimal o‘tish bali
Tanlovda qatnashish uchun kamida 56,7 ball (kontrakt) va 68 ball (grant) kerak. Bu chegaralar 2021-yildan beri o‘zgarmagan. Aniq yo‘nalishga kirish uchun o‘tish bali ancha yuqori bo‘lishi mumkin: o‘tgan yillar ballarini mandat.uzbmb.uz saytida ko‘ring.
Ko‘p so‘raladigan savollar
DTMda maksimal ball qancha?
189 ball: majburiy fanlardan 33, 1-fandan 93 va 2-fandan 63. Temurbeklar maktabi bitiruvchilari kabi imtiyozlilarga ball ustiga foiz qo‘shiladi, shuning uchun natijalarda 189 dan yuqori ballar ham uchraydi.
Noto‘g‘ri javob uchun ball ayiriladimi?
Yo‘q. Har bir savolda 4 ta variant bor, faqat to‘g‘ri belgilangan javob ball beradi. Bo‘sh qoldirilgan yoki ikkita belgilangan javob 0 ball.
IELTS 5.5 bilan necha ball olaman?
IELTS 5.5–6.5 B2 darajaga teng: chet tili blokidan to‘liq ball olasiz (1-fan bo‘lsa 93, 2-fan bo‘lsa 63).
Grant uchun necha ball kerak?
Minimal chegara 68 ball, lekin bu faqat tanlovda qatnashish sharti. Grant yo‘nalishdagi reyting bo‘yicha beriladi va mashhur yo‘nalishlarda o‘tish bali ancha yuqori.
Manbalar
- OTFIV buyrug‘i № 105 (13.03.2026): savollar soni va baholash mezonlari
- Qabul-2026: agentlik sahifasi
- VMQ-578: bakalavriatga qabul qilish tartibi
- VMQ-646: milliy sertifikat berish tartibi
- Ro‘yxat № 3515: tan olingan sertifikatlar
- O‘tish ballari
Mezonlar 2026-yil qabuli bo‘yicha, 29.09.2026 holatiga tekshirilgan. Yakuniy natijani Bilim va malakalarni baholash agentligi e’lon qiladi.
Boshqa kalkulyatorlar
- Mashinani bojxonadan o‘tkazish qancha chiqadi?Boj, aksiz, QQS va yig‘imlar
- Qo‘lga qancha maosh tegadi?Soliqlardan keyin qoladigan summa
- Kredit oyiga qancha chiqadi?Annuitet va differensial to‘lov jadvali
- Ipoteka oyiga qancha chiqadi?Boshlang‘ich to‘lov, oylik to‘lov va ortiqcha to‘lov
- Kommunal to‘lovlar qancha chiqadi?Svet, gaz va suv 2026 tariflari bo‘yicha
- Dollar so‘mda qancha?Markaziy bank kursi bo‘yicha