Qanday hisoblanadi
- Hisoblangan maoshdan imtiyoz summasi ayiriladi (agar bo‘lsa): EKIHning 1,41 yoki 3 baravari.
- Qolgan summadan daromad solig‘i olinadi: 12%, IT Park rezidentlari xodimlari uchun 7,5%.
- INPS (0,1%) daromad solig‘ining ichida: u alohida ushlanmaydi, soliqning bir qismi shaxsiy pensiya hisobingizga o‘tadi.
- Qo‘lga tegadigan summa = hisoblangan maosh − daromad solig‘i. Imtiyozsiz bu maoshning 88%.
Misol
10 000 000 so‘m hisoblangan maoshdan 1 200 000 so‘m soliq ushlanadi (shu jumladan INPS 10 000 so‘m), qo‘lga 8 800 000 so‘m tegadi. Qo‘lga 10 000 000 so‘m tegishi uchun 11 363 636 so‘m hisoblanishi kerak.
Ish beruvchi nima to‘laydi
Ish beruvchi maoshdan tashqari ijtimoiy soliq to‘laydi: oddiy tashkilotlar 12%, byudjet tashkilotlari 25%, IT Park rezidentlari 0%. Bu soliq xodimning maoshidan ushlanmaydi, lekin xodim ish beruvchiga qanchaga tushishini ko‘rsatadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
INPS maoshdan qo‘shimcha ushlanadimi?
Yo‘q. INPS (0,1%) daromad solig‘ining 12% ichidan olinadi. Ba’zi kalkulyatorlar uni 12% ustiga qo‘shadi, bu xato: masalan, 15 000 000 so‘mdan qo‘lga 13 200 000 so‘m tegadi, 13 185 000 emas.
IT Park kompaniyasida qancha soliq olinadi?
IT Park rezidentlarining xodimlari 7,5% daromad solig‘i to‘laydi, ish beruvchi ijtimoiy soliq to‘lamaydi. Imtiyoz 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Chet el fuqarosi uchun soliq qancha?
Mehnat daromadiga norezidentlar ham 12% to‘laydi, shuning uchun qo‘lga tegadigan summa bir xil. INPS esa faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun.
O‘qish yoki bog‘cha uchun to‘lovlar soliqni kamaytiradimi?
Ha. Xodimning arizasi bilan maoshdan O‘zbekistondagi oliy ta’lim uchun to‘lov yoki nodavlat bog‘cha to‘lovi (bola uchun oyiga 3 mln so‘mgacha) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilsa, bu summaga soliq olinmaydi. Kalkulyator bu holatni hisobga olmaydi.
Manbalar
- Soliq kodeksi: 380, 381, 385, 405-moddalar
- PF-5099: IT Park rezidentlari uchun imtiyozlar
- Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun
- PF-115: EKIH 01.09.2026 dan
EKIH 1 360 000 so‘m, 2026-yil 1-sentabrdan. Stavkalar 2026-yil 29-sentabr holatiga tekshirilgan.
Boshqa kalkulyatorlar
- Mashinani bojxonadan o‘tkazish qancha chiqadi?Boj, aksiz, QQS va yig‘imlar
- Kredit oyiga qancha chiqadi?Annuitet va differensial to‘lov jadvali
- Ipoteka oyiga qancha chiqadi?Boshlang‘ich to‘lov, oylik to‘lov va ortiqcha to‘lov
- Kommunal to‘lovlar qancha chiqadi?Svet, gaz va suv 2026 tariflari bo‘yicha
- DTMda necha ball to‘playman?Test natijalaridan umumiy ball
- Dollar so‘mda qancha?Markaziy bank kursi bo‘yicha